Til birliklari, jumladan, uning leksik guruhlari ham sistema, struktura va me’yor yoki normalarining dialektik munosabati asosida yuzaga keladi. Bunda sistema el ementlarining yaxlit majmuidan, struktura esa shu majmuaning ichki tuzilishidan iborat bo‘ladi. Binobarin, til hodisalarini sistem-struktur aloqasida o‘rganish, birinchidan, sistema tashkil qiluvchi elementlar yig‘indisini belgilash va, ikkinchidan, mazkur elementlar orasidagi ichki munosabat va aloqalarni aniqlash, ularning o‘zaro pog‘onali (iyerarxik) joylashishi hamda bir elementning ikkinchi elementdan hosil bo‘lish yo‘llarini ochib berishni taqozo etadi. Buni til leksikasidagi so‘zlarni ma’lum guruhlarga ajratib o‘rganishda kuzatish